Namanganda kiber tahdidlardan himoyalanishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 2 iyunidan 4 iyuniga qadar joylarda aholining barcha qatlami o‘rtasida kiber tahdidlardan himoyalanishga qaratilgan «Kibergigiyena kuni» hamda “Mahallamda kiberjinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida taʼsirchan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Namangan viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi boshlandi. Bugun Yangi Namangan tumanidagi 86-sonli maktabda Maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, ishchi-guruh aʼzolari ishtirokida “Internet va telefon qurilmalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari” o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun mavzusida seminar o‘tkazildi.
Davlatobod tumani madaniyat markazida Aholi vakillari, hokim yordamchilari, mfy raislari, yoshlar yetakchilari ishtirokida “Mahallamda kiberjinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida “mahallabay” profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlarda keng jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash va kibertahdidlarda himoyalanish borasida chuqurroq tushunchalar berishga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuv va seminarlar ertaga ham davom ettiriladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati