15 May 2021 yil 686

Namanganda IIVning hayriya konserti boshlandi.

Kun-u tun xalq xizmatida bo‘lib kelayotgan xodimlar, shuningdek iste'fodagi faxriylarning madaniy hamda mazmunli hordiq olishlarini ta'minlash, xizmat vaqtida halok bo‘lgan va og‘ir jarohat olgan xodimlarning oila-a'zolariga moddiy, ma'naviy ko‘mak berish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblida xizmat qilayotgan san'atkorlar, xonanda, sozanda hamda badiiy so‘z ustalari tomonidan Namangan viloyatiga tashrif uyushtirildi.

Ikki kunga rejalashtirilgan konsert dasturining ilk kuni Norin tumanida joylashgan amfiteatrda bo‘lib o‘tdi.

Sanitariya- epidimiologik talablarga qat'iy rioya etilgan holda tashkil etilgan dastur davomida dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar konsertga yig‘ilgan xodimlar va ularning oila-a'zolarini ham raqsga chorlamay qo‘ymadi.

So‘z ustalari tomonidan xazil-mutoyibaga boy bo‘lgan chiqishlar esa barchaga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Dasturning navbatdagi qismi Kosonsoy tumanida tashkil etildi. yuksak saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan konsert ko‘plab tashrif buyurganlarning madaniy hordig‘ini ta'minladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu konsertdan tushgan mablag‘lar xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila-a'zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech