19 Noyabr 2022 yil 523

Namangan aeroportida Rossiya Federatsiyasidan qaytgan shaxs belgilangan tartibni buzib, chet elga chiqqanligi aniqlandi.

Chet elga chiqishning belgilangan tartib qoidalari mavjud bo‘lib, ayrim fuqarolar yoki bilib, yoki o‘zi anglamagan holda bu qoidalarga zid ravishda hatti harakatlarni sodir etadilar.

2022 yil 7 oktyabr kuni soat 15:40larda “Namangan” xalqaro aeroportiga “Domodedova-Namangan” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1993 yilda tug‘ilgan, Pop tumani, tumanida yashovchi fuqaro A.X.ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasporti aeroport chegara xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Mazkur pasportda Ichki ishlar idoralarining fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan beriladigan «Dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun ruxsat beruvchi» viza-stiker yoki xorijga chiqish biometrik pasporti bo‘lmasada, Rossiya Federatsiyasi orqali belgilangan tartibni buzib, qonunga xilof ravishda Turkiya davlatiga borib kelganligi aniqlangan. Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi M va FRB maʼlumotnomasida, fuqaro A.X. muqaddam xorijiy davlatlarga chiqish masalasida ariza-anketa bilan murojaat etmaganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-5156-sonli Farmonining 1-bandida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullanganligi ko‘rsatilgan. 2-bandida esa 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinsin deb belgilab qo‘yilgan.

Shunday qilib, fuqaro A.X. o‘zining yuqoridagi hatti-harakatlari bilan qonunga xilof ravishda belgilangan tartibni buzib, chet elga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan. Jinoyat ishi esa ayblov xulosasi bilan tegishli sudlov organiga yuborilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech