Namangan viloyatida shahar-tuman IIBlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida ko‘rik tanlov o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvardagi PQ–10-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan eng yaxshi rahbar xodimlarni aniqlashning har tomonlama, xolisona, oshkora mexanizmlari va mezonlarini joriy etish maqsadida Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasining 2023-yil 28-aprel kuni “Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” buyrug‘iga asosan joriy yilning 19-avgust kuni shahar-tuman IIBlari boshliqlarining MMI bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.
Unda ko‘rik tanlov ishtirokchilar to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 1000 mertga yugurish va sohaning me‘yoriy buyruqlari talablari bo‘yicha test sinovlari topshirishdi.
Ko‘rik tanlov yakunlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari saf bo‘linmalari patrul-post xizmati batalyoni komandirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Xakimov Fayzullo Obbosaliyevich, ikkinchi o‘rinni Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Mavlonov Shuxrat Abdujabborovich, birinchi o‘rinni Yangiqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Mamajonov Mansurbek Alimirza o‘g‘lilari egallashib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati