1 Aprel 2022 yil 655

Namangan viloyatida o‘tkazilgan “Profilaktika kuni” tadbiri davomida amalga oshirilgan ishlar.

Namangan viloyati hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida o‘tkazilgan “Profilaktika kuni” tadbiri davomida O‘quv muassasalarida 267 ta umumtaʼlim maktablarida, 6 ta kollej va litseylarda “Davomat” tadbiri o‘tkazildi. Bozorlar, savdo shoxobchalari va kompyuterxonalar tekshirildi.

Tadbir davomida dars mashg‘ulotlariga ishtirok etmay yurgan 188 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ularning 23 nafar ota onalariga nisbatan O‘z.R.MJtKning 47 moddasiga asosan chora ko‘rildi hamda 181 nafar o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga qaytarildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bemaqsad yurgan 704 nafar shaxslar tayanch punktlariga olib kelinib ularni nima maqsadda yurganliklari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

8 nafar voyaga yetmagan shaxslarni VEIHYOKMga joylashtirildi.

5 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni davolash dispanseriga yotqizildi.

Tadbir davomida 1760 ta aholi xonadonlari o‘rganilib, ularni pasport viza qoidalariga rioya etishlari, tomorqadan unumli foydalanishlari hamda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari to‘g‘risida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi.

Jamoat tartibini saqlash maqsadida 186 ta patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.

117 nafar havaskor ovchilarni ov qurollarini saqlash qoidalariga rioya etishlari yuzasidan tekshirishlar o‘tkazildi.

349 ta umumtaʼlim maktablarida, 336 ta korxona tashkilotlarda, 533 ta mahallalarda yig‘ilish va uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘tkazilgan yig‘ilishlarda hafta davomida sodir etilgan jinoyatlar muhokama etilib, jinoyatlarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari o‘rganilib, tegishli chora tadbirlar ko‘rildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech