Namangan viloyati yoshlarini soha bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-28 fevral' kunlari IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti hamda Namangan viloyati IIB mas'ul xodimlari ishtirokida yoshlarni ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida targibot uchrashuvlari o‘tkazildi.
Xususan, viloyatdagi 3 ta oliy ta'lim muassasasi hamda chegara hududlarda yashovchi maktablarning o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilishning yangi tartib qoidalari va bugungi kunda xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.
Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va xodimlar uchun ko‘rsatilayotgan imtiyoz-rag‘batlar aks ettirilgan videoroliklarning namoyish etilishi talaba va maktab o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va ularni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida joriy yilning 11-fevral kuni “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan Davlat universitetining faol talabalaridan tashkil etilgan "Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibotchisi" guruhining taqdimoti o‘tkazildi.
Hozirda iqtidorli yoshlarni xizmatga jalb qilish yuzasidan hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.