Namangan viloyati Uychi tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni doirasida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi.
O‘quvchi-yoshlarning nazoratsiz qolishi va sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, dars jarayonida o‘qishga bormasdan bemaqsad yurgan, voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni o‘qishga qaytarish va davomatni yaxshilash maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Maktablarda taʼlim-tarbiya olayotgan voyaga yetmagan o‘quvchilarni qamrab olgan holda “Tig‘” va “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.
Uychi tumani IIB JXX VEBIG inspektor-psixologi tomonidan o‘tkazilgan “Tig‘” tadbiri davomida tumandagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchisining sumkasi ko‘zdan kechirilganda, inson uchun jarohat yetkazishi xavfi bo‘lgan “kastet” aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Davomat tadbirlari viloyatdagi barcha umumtaʼlim maktablarida davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati