6 Noyabr 2020 yil 956

Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda tergov jarayoni qanday bo‘lishini bilib oling. Istalgan kishini tutib olib, urib, o‘g‘irlikni bo‘yniga qo‘yisharkan” sarlavxali videomurojaat yuzasidan Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining rasmiy munosabati.

2020 yil 27 sentyabr' kuni soat 22:00 larda Uychi tumanida yashovchi X.S. Namangan shaxar IIO FMB 2-sonli IIB navbatchilik qismiga murojaat qilib unda, Namangan shaxar, Nurafshon MFY xududidagi “Mexmondo‘st” oshxonasi oldida unga tanish bo‘lmagan M.K., A.G‘., va S.X.lar, jinoiy yo‘l bilan boylik ortirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, bir gurux bo‘lib, fuqaroning mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish maqsadida uni urishib, yonida bo‘lgan bir dona bahosi 450.000 so‘mlik “Gallaksiy 4” rusumli telefon apparatini va yonidagi 200.000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini ma'lum qilgan.

Namangan viloyat sud-tibbiy ekspertiza buyurosining 2020 yil 30 sentyabr' kungi xulosasida X.S.ni badanida tan jaroxatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur xolat yuzasidan, 2020 yil 12 oktyabr' kuni Namangan shaxar IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan M.K., A.G‘., va S.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xozirda gumondorlar M.K. va A.G‘.lar tergov va suddan bo‘yin tovlashi mumkinligini hamda ularning qasddan og‘ir turdagi yangi jinoyat sodir etishi mumkinligini inobatga olib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech