8 Fevral 2023 yil 649

Namangan viloyati IIB JXX HPB XQ va IMB tomonidan Namangan Davlat Universitetida “Mahalla xavfsizligiga barchamiz birdek masʼulmiz” shiori ostida “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini taʼminlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirga IIV, viloyat IIB hamda hamkor tashkilotlar, universitet va akademik litsey talabalari, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari vakillari, profilaktik hisobda turgan, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobida turgan hamda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar ishtiroki taʼminlandi. Tadbir davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, oilalardagi tazyiq va zo‘ravonliklarga barham berish borasida, voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlarimizni tarbiyalashda birdek masʼulligimiz taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, Viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, xotin-qizlarni huquqiy madaniyati va faolligini oshirish, mavjud muammolarini o‘rganish va hal etish borasidagi tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun 15 nafar xotin-qizlar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyevning tashakkurnomasi va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi Qarori yuzasidan belgilangan namunadagi formasi loyihasi videotaqdimot orqali namoyish etildi. Tadbir yakunida fuqarolarni madaniy dam olishlari uchun xonandalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech