Namangan viloyati IIBda “Yosh liderlar” guruhi tashkil etiladi.
Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 29 dekabrdagi Oliy majlisga qilgan Murojaatnomasida keltirilgan vazifalar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Unda yosh xodimlar xizmat faoliyatini yanada yaxshilash, ular orasida kelib chiqayotgan muammo va kamchiliklarni bartarf etish borasida taklif va fikrlar bildirildi.
Uchrashuv davomida viloyat IIB va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayogan iqtidorli, tashabbuskor xodimlardan iborat “Yosh liderlar” guruhi tashkil etib, bu orqali rahbar kadrlar zaxirasini yaratish taklifi ham ilgari surildi.
Shuningdek uchrashuvga yig‘ilgan xodimlarga davlatimiz raxbarining
25 dekabr' kungi “Yoshlar forumi”da ilgari surgan takliflari ijrosini ta'minlash maqsadida tizimda faoliyat yuritib kelayotgan ehtiyojmand yosh xodimlarni aniqlash hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishga yo‘naltirish topshirig‘i berildi.
Fikr, taklif va baxs-munozaralarga boy o‘tgan suhbat yakunida yosh xodimlar tomonidan xizmat intizomini buzish holatlariga sabab bo‘layotgan omillarni o‘rganib, bu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati