28 Yanvar 2021 yil 663

Namangan viloyati IIBda yil sarhisobi.

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik D.B.Kadirov ishtirokida 2020 yil yakuni sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, 2020 yil davomida erishilgan yutuqlar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi xususida soha rahbarlari tomonidan ma'lumotlar berildi.

Hisobotlar tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan ayrim rahbar va xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy ta'sir choralari qo‘llanildi. 

Shu bilan birga viloyat IIOda o‘zining yetakchiligi, yuksak bilim va mahoratini namoyon etib, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yosh xodimlar va ayollar bilan ishlashda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, korrupsiyaga qarshi kurashda hamkasblariga alohida namuna ko‘rsatgan profilaktika inspekori katta leytenant Ihtiyor Bo‘stonovga 3 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti va uni mana shunday fidoyi, mard va jasur bo‘lib tarbiya qilgan opasiga Ichki ishlar vazirining minnatdorchilik xati taqdim etildi.   

Yig‘ilish so‘ngida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik D.B.Kadirov yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishga, fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech