Namangan viloyati IIBda yakuniga yetgan 6 oy sarhisob etildi.
Viloyat ichki ishlar organlarining 2021 yil yakuni bo‘yicha tezkor xizmat faoliyati natijalari hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov, Namangan viloyati IIB boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari hamda uning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafaev Namangan viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan 2021 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni yoritib, viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor xizmat faoliyati natijalari, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida qilingan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga chuqur tahlillar asosida to‘xtalib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.A.Xujakulov esa viloyat hududida muqaddam sudlangan, voyaga yetmagan, ayollar, yoshlar va ishlamaydigan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar, uning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi.
Bundan tashqari yig‘ilishda boshqarma Jinoyat qidiruvi boshqarmasi, YHXB, Probasiya bo‘limi rahbarlari, Namangan shahar IIO FMB va barcha tumanlar IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining tegishli xizmat yo‘nalishlaridagi hisobotlari tinglandi.
So‘ng, Vazir o‘rinbosari viloyat ichki ishlar boshqarmasining barcha shaxsiy tarkibiga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab, shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kun talabiga mos ravishda faoliyat yuritish, sohada erishilgan yutuqlardan havolanmay, har bir ishga sidqidildan yondashish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini keskin kamaytirish uchun barcha lozim chora tadbirlarni ko‘rish, yangi mexanizmlardan foydalanish, amalga oishirilayotgan ishlarga tanqidiy nigoh bilan qarash borasida muhim topshiriqlar berdi.
Ayrim rahbarlarning faoliyati esa muhokamaga qo‘yilib, tanqid ostiga olindi.
Yig‘ilish yakunida 2021 yilning olti oyi davomida viloyat hududida namunali jamoat tartibini saklash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda jonbozlik ko‘rsatib hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotganliklari uchun bir guruh xodimlar IIVning tashakkurnomasi, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Taqdirlashdan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.I.Ataxodjaev so‘z olib, yig‘ilishda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan barcha mas'ul rahbarlar xulosa chiqarib, tegishli chora-tadbirlar belgilashlari, kelgusida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashda hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda kechayu-kunduz mehnat qilib, hukumatimiz va vazirlik rahbariyati tomonidan yuklatilgan vazifalarni a'lo darajada bajarishni aytib, bunda viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom ishchi muhit mavjudligini alohida ta'kidladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati