11 Avgust 2023 yil 330

Namangan viloyati IIBda sportning voleybol turi bo‘yicha xodimlardan iborat jamoalar o‘rtasida qurʼa tashlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoniga muvofiq, viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.

Dastlab, voleybol sport musobaqasini yuqori darajada o‘tkazish, jamoalar tarkibini shakllantirish hamda boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilinib, terma jamoalar masʼullariga musobaqa o‘tkazish nizomi tanishtirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, viloyat “Voleybol” federatsiyasi masʼullari jalb etilgan holda barcha jamoalar murabbiylari ishtirokida qurʼa tashlash marosimi o‘tkazilib, jamoalarning birinchi turda o‘zaro uchrashadigan raqiblari aniqlab olindi.

Tadbir yakunida, boshqarma rahbariyati tomonidan musobaqada ishtirok etadigan jamoalar masʼullariga musobaqani ko‘tarinki ruhda o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, barcha jamoalarga omadlar tilandi. 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech