Namangan viloyati IIBda Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonunning yangi taxririni o‘rganildi.
Joriy yilning 24 sentyabr' kuni Namangan viloyati IIBning kichik majlislar zalida, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazida O‘zbekiston Respublikasi IIV, Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya a'zolari hamda “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot Markazi bilan hamkorlikda Odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi mavzusida onlayn davra suxbati o‘tkazildi.
O‘tkazilgan onlayn davra suxbati davomida “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”ga Qonunning yangi taxriri va Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyxasi manfatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda keng, atroflicha muxokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda Namangan viloyati xududiy komissiyasining Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya a'zolari, shahar-tumanlar IIB zalidan xududiy komissiya a'zolari va mas'ul kotiblar ishtirok etdi.
Yig‘ilish qatnashchilariga yangi taxrirdagi Qonun va odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish va qayta yo‘naltirish tartiblari, yangi qonunda asosiy tushunchalar “odam savdosiga qarshi kurashish”, “odam savdosi” va “odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs” tushunchasiga tarif berilgan bo‘lsa, yangi taxrirdagi Qonunda “voyaga yetmagan shaxs savdosi”, “kelib chiqish mamlakati”, “majburlash”, “odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish”, “odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs”, “odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs” kabi yangi tushunchalar slayd shaklida tushuntirib o‘tildi.
Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mavzu doirasida kelib chiqqan savollariga kerakli javoblarni olishdi va tushunchalarga ega bo‘lishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati