25 Fevral 2021 yil 665

Namangan viloyati IIBda “Jamoa shartnomasi” ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonov hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi A.A.Abumuxtorovlar tomonidan 2021 yil 16 fevral' kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV va hududiy IIOlarda jamoat shartnomalari ijrosiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlar” jadvaliga asosan Namangan viloyati IIB hamda viloyat ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi “Jamoa shartnomasi” ijrosi bo‘yicha boshqarma majlislar zalida umumiy yig‘ilish tashkil etildi.

Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, viloyat va shahar kasaba uyushmasi tashkiloti raislari boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda kengash a'zolari va xodimlar ishtirok etishdi.

Dastlab, viloyat Ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan IIOda mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan viloyat IIB va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini ijrosi yuzasidan o‘tgan yilning yakuniy hisoboti va joriy yilningn rejalari bilan tanishtirildi.

Yig‘ilish davomida yosh xodimlar orasida tashkil etilgan intellektual va jismoniy musobaqalar haqida ham so‘z yuritilib, ushbu musobaqalar xodimlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasi, ularning ma'naviy, barkamol va yetukligi, bilimga chanqoq, iqtidorli, intellektual salohiyati baholanib, ular orasidan kadrlar zaxirasini yaratilgani haqida ham alohida ta'kidlandi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech