26 Avgust 2021 yil 631

Namangan viloyati IIBda bayram oldi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Namangan viloyati IIOda xizmat qilayotgan, boshqarma mustaqil boshqarmalar, sohaviy xizmat vakillari bilan birga shaxsiy tarkibining mavsumiy xizmat kiyimini kiyib yurish tartibi va “Saf nizomi” qoidalariga amal qilishlarini aniqlash maqsadida IIB maydonida saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda soha rahbar va mas'ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib xizmat formasi benuqsonligi, tashqi ko‘rinishi, tegishli guvohnomalari hamda tabel' qurollarining biriktirilganligi, shuningdek saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari shakllanganligiga alohida e'tibor qaratildi.

Tantanali tarzda tashkil etilgan saf ko‘rigidan so‘ng Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi munosabati bilan xodimlar uchun boshqarma hovlisida savdo yarmarkasi tashkil etildi. Unda oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, kiyim-kechak rastalari ham o‘rin oldi.

Yarmarkada eng gavjum joy kitoblar rastasi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi Namangan viloyat IIO shaxsiy tarkibi o‘rtasida kitobxonlik mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazib boriladi. Bu esa ular orasida badiiy ilmiy asarlarga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Yarmarkaga olib kelingan 1000ga yaqin kitoblar orasidan xodimlar o‘zi va farzandlari uchun turli adabiyotlarni xarid qilishdi.
Bayram oldidan o‘tkaziladigan turli tadbirlar va sayllarda tinchlikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlashda kun-u tun xizmat olib borayotgan xodimlar uchun qulaylik yaratish maqsadida nafaqat boshqarmada, balki uning hududiy bo‘limlarida ham savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech