22 Aprel 2022 yil 738

Namangan viloyati IIB tomonidan “Yangi O‘zbekistonda psixologik yondashuv” nomli ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tashkilot va idoralar orasida psixologiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, psixologiyaga zamon talabida yondashish, amaliy faoliyat davomida ilm-fanning oxirgi yutuqlaridan foydalanish maqsadida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda psixologik yondashuv” nomli ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda Namangan Davlat universiteti, Milliy Gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi, Xalq ta'limi boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim boshqarmasining psixologlari ishtirok etdilar. Tadbir boshida konferesiya qatnashchilari Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan ruhiy yengillik xonasi hamda uning faoliyati bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, o‘zlarining mavzulari orqali zamonaviy psixologik metod va metodikalari bilan tajriba almashdilar.

Tadbir yakunida, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Namangan Davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi va konferensiya ishtirokchilariga boshqarma rahbariyatining tashakkurnomalari taqdim etildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech