5 Mart 2022 yil 463

Namangan viloyati IIB PPX va JTSB Patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibi bilan batalon ma'muriy binosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tizimida “Yashil makon” umum milliy loyixasi qo‘shma qarori talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan viloyati IIB PPX va JTSB Patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibi bilan batalon ma'muriy binosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu jarayonlar ushbu hududda  qizg‘in avj oldi. Hududlarni obodonlashtirish maqsadida bino hovlisi tozalanib gullar ekildi. Bundan tashqari yashil makon umum milliy loihasi doirasida mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi. Shundan so‘ng daraxtlar oqlanib bino hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari o‘tkazildi. Bundan tashqari katta qozonda osh damlanib hasharda ishtirok etgan hodimlar tushlikka taklif etildi. Bunday obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hali davom etadi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech