3 Aprel 2023 yil 699

Namangan viloyati IIB JXX YHXBda joriy yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy yilning 3 aprel kuni Namangan viloyati IIB JXX YHXB majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida yo‘l harakati xavfsizligi sohasida joriy yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, faxriylar, xizmat-soha rahbarlari, YHXB shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avtohalokatlarni barvaqt oldini olish, «Xavfsiz va ravon yo‘l» dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, viloyat hududida namunali harakatni taʼminlash chora-tadbirlari, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan xodimlarga nisbatan Boshqarma boshlig‘i tomonidan qatʼiy choralar ko‘rildi. 

Tizimda mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmat tashkil etish borasida masʼullarga lozim topshiriqlar berildi.

Ko‘tarilgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha soha faxriylari ham o‘zlarining takliflarini bildirdilar.

Yig‘ilish davomida xizmatga vijdonan munosabatda bo‘lib, namunali faoliyati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh inspektorlar boshqarma boshlig‘i tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari sohada uzoq yillar halol mehnat qilib, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan podpolkovnik Fazliddin Uralov samimiy fikrlar va iliq tilaklar bilan tantanali ravishda isteʼfoga kuzatildi.

Shuningdek, viloyat IIB JXX YHXBga yangi tayinlangan rahbar podpolkovnik Sharof Islomov shaxsiy tarkibga tanishtirilib, tayinlovga qadar boshqarmada rahbarlik vazifasini vaqtincha bajarib, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yaxshi natijalarni ko‘rsata olgan IIV JXD YHXX boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Stanislav Kravchenkoga ham minnatdorchilik bildirildi.

Yig‘ilish so‘nggida Boshqarma boshlig‘i shaxsiy tarkib va xizmat-soha rahbarlariga bugungi muhokamadan kerakli xulosani olib, samarali va natijali ish tashkil etish va viloyat hududida yo‘l harakati bilan bog‘liq salbiy vaziyatlarni kamaytirish lozimligini alohida taʼkidladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech