16 Avgust 2023 yil 542

Namangan viloyati IIB Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 11-martda imzolangan Ichki ishlar vazirining “IIV va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Namangan viloyati IIB boshlig‘ining 2023-yil 28-apreldagi “Namangan viloyati ichki ishlar organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruqlariga asosan Namangan viloyati ichki ishlar organlari huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 10-may kuni Kengashning ilk yig‘ilish o‘tkazilgan va unda Kengash raisi, o‘rinbosari, kotibi va aʼzolari umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylangan.   

Shunga ko‘ra, joriy yilning 15-avgust kuni Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda Kengashning asosiy vazifalari, funksiyalari,huquq va majburiyatlari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzib chiqildi.   

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech