19 Avgust 2023 yil 605

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlarning o‘tgan 7 oy mobaynidagi faoliyatlari tahlil qilindi

Joriy yilning 19-avgust kuni Boshqarma Majlislar zalida Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokama yig‘ilish davomida tergov va surishtiruv faoliyati birma-bir tahlil qilinib, jinoyat ishlarini tamomlash, sudlar tomonidan kelib tushgan xususiy ajrimlar, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish, murojaatlar bilan ishlash, ijrochilik va xizmat intizomiga amal qilish borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda xodimlar qatʼiy ogohlantirildi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘nggida xizmat faoliyati davomida eng yuqori natijalarga erishib, qolgan hamkasblariga namuna bo‘lgan bir guruh xodimlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirilib, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining tashakkurnomasi eʼlon qilindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech