14 Yanvar 2021 yil 737

Namangan viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan o‘tkazilayotgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, hududlarda profilaktika inspektorlari zimmasiga bir muncha mas'uliyatli vazifalarni yuklash bilan bir qatorda ularning bilim salohiyatini va malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Namangan shahar IIO FMB va barcha tuman IIBlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining kasbiy va huquqiy bilimlarini hamda muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha boshqarma Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.

Rejaga ko‘ra, 2021 yilning 12 yanvar' kuni Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xodimlari ishtirokida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida, profilaktika inspektorlarining bilim saviyasini oshirish, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilayotgan vazifalarni to‘laqonli ijro etilishini ta'minlash, ularning zimmasiga yuklatilgan keng ko‘lamli vazifalarni samarali bajarishlari uchun tizimni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni chuqur o‘zlashtirilishi, fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lish, ularnining muammolarini o‘rganib tegishli tartibda hal etish hamda xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga asosiy e'tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr' kuni Oliy majlisga yo‘llagan murojaatining mazmun-mohiyati hamda murojaatda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Namangan viloyati IIB TVBSO mas'ul xodimi tomonidan, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘q-otar qurol qo‘llashning huquqiy asoslari haqida tushunchalar berildi.

Profilaktika inspektorlarining kasbiy va huquqiy bilimlarini hamda muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech