Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari yosh xodimlar va faxriylar bilan uchrashdi.
Bugungi kunda Prezidentimiz boshchiligida ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlarga qaramasdan yosh xodimlar orasida xizmat intizomi, qonunchilikni buzish holatlari davom etib kelayotganligi sababli Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan yosh profilaktika inspektorlariga iste'fodagi faxriylardan murabbiy sifatida biriktirish uchun Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chortoq va Pop tumanlarida yig‘ilish tashkil etildi.
Unda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.A.Mamatqulov yig‘ilganlarga shaxsiy tarkib orasida xizmat vaqtida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik, bilim, tajriba va ko‘nikmani muntazam oshirib borish lozimligini alohida ta'kidlab, korrupsion holatlar yuzaga kelmasligi uchun halol va pok mehnat qilish kerakligini xodimlardan talab qildi.
Yig‘ilish davomida xodimlarning tarbiyaviy va ma'naviy bilimlariga rahbariyat tomonidan yetarlicha e'tibor qaratilmayotgani ham tanqid ostiga olinib, bu borada mas'uliyatni ikki kara oshirish topshirig‘i berildi.
Bundan buyon xatoga yo‘l qo‘ygan xodimlar kechirilmasligi barcha shaxsiy tarkibga qat'iy uqtirilib, rahbarlarga quyidagicha topshiriqlar berildi. Barcha shaxsiy tarkibni turmush tarzi, oilaviy ahvoli, madaniyati, xizmat burchiga, qasamyodiga sadoqati masalalari qaytadan o‘rganib chiqilib, intizomsizlikka, qonunbuzarlikka, qasamyodini buzishga, ta'magirlik va boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etishga moyil xodimlarni aniqlash choralarini ko‘rish, muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, ichki ishlar organlari xodimlarining asosiy vazifasi fuqarolar xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, murojaatlarini so‘zsiz qabul qilish va qonuniy hal etish, jinoyatlarni fosh etish, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qonuniy yo‘llar bilan undirishdan iborat ekanligi kunlik xizmat oldi yo‘riqnomalarida yetkazib borilishi ta'minlash, fuqarolardan kelib tushgan ariza hamda shikoyatlarni belgilangan tartibda yosh xodimlarga murabbiy etib biriktirilgan profilaktika katta inspektorlari bilan xamkorlikda sifatli ko‘rib chiqish va qonuniy hal etilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatish va shu kabi muxim topshiriqlar berildi. xodimlar tomonidan aks harakat sodir etilgan taqdirda ularga nisbatan keskin toki IIOdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazolar qo‘llanilishi borasida barcha ogohlantirildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining joylarda yosh xodimlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati