23 Fevral 2022 yil 712

Namangan viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari tomonidan Kosonsoy tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 fevral kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Kosonsoy tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Tumanda yashovchi fuqarolarning yashash va turmush sharoitlari, ijtimoiy ahvolini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan qabul davomida ko‘plab aholining, yoshlarning yechimsiz yotgan muammolari joyida bartaraf etilishiga erishildi. Ayrimlarining ijrosi muddat talab etgani bois mas'ullar biriktirilib, alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida sektor rahbari tumandagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga e'tibor qaratar ekan, kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyati takomillashtirilayotganligi, ko‘chalarni asfal'tlash va ichimlik suvi bilan bog‘liq, elektr ta'minoti va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta'minlanish borasidagi muammolar sohalarga daxldor  mutaxassislar bilan birga bartaraf etilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Qabulga tashrif buyurgan 35 nafar fuqaroning 39 ta masala yuzasidan murojaatlari ichida asosan imtiyozli kredit olish, ish bilan ta'minlanish va boshqa maishiy muammolar ko‘tarildi. Albatta, qabul o‘zining ijobiy natijasini berib, ko‘plab insonlar ijobiy natija bilan minnatdor holda uylariga qaytishdi.

Sayyor qabul so‘ngida shu tumanda yashovchi 2 nafar fuqaroligi yo‘q shaxsga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi guvohnomalari topshirildi. 6 nafar 16 yoshga to‘lgan yigit qizlarga esa ID kartalar taqdim etildi.

Insonlarning dard-u tashvishini yaritib, ularga moddiy, ma'naviy, huquqiy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan bu kabi sayyor qabullar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech