1 Mart 2022 yil 721

Namangan viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari tomonidan Davlatobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 1-mart kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari hamda Davlatobod tumani hokimi ushbu hududda yashovchi fuqarolarning yashash va turmush sharoitlari, ijtimoiy ahvolini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilayotganligi haqida tushunchalar berildi.

O‘tkazilgan qabul davomida jami 25 nafar fuqarolar ishtirok etib, 25 ta masala yuzasidan murojaat qilishdi. Ayrim fuqarolarning ijrosi muddat talab qilgani joiz masullar biriktirilib nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar esa o‘z joyida hal etildi.

Kelib tushgan murojaatlardan 10 ta Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalarda, 1 ta sud ijrosiga oid, 3 ta uy-joy, yer-uchastka bilan ta'minlashga oid hamda yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastriga oid, 2 ta ish bilan ta'minlash masalasida, 2 ta sog‘liqni saqlash sohasiga oid, 2 ta tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga oid, 3 ta bino qurilishlariga oid, hamda 2 ta boshqa masalalardagi murojaatlar qabul qilindi. Shulardan 10 ta murojaat ijobiy yechim topdi, 2 ta murojaat yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

Bundan tashqari Davlatobod tumanida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyatini takomillashtirilayotganligi, jumladan ko‘chalarni asfaltlash va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, elektr ta'minoti va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta'minlash borasidagi ishlar haqida taklif etilgan mutaxassislar bilan birga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Aholini yashash va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘tkazilayotgan mana shunday sayyor qabullar viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech