5 Mart 2022 yil 603

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tashabbusi bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.

Namangan viloyati IIBning 1 yanvar kunidagi reja dasturi ijrosini ta'minlash va Ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismonan baquvvat va sog‘lom xodimlarni shakllantirish maqsadida, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tashabbusi bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.

Marafonda xodimlarning jismoniy tayyorgarliklariga alohida e'tibor qaratilib, viloyat ichki ishlar organlaridan 340 nafar xodimlar va uyushmagan aholi vakillaridan 230 nafar, jami 570 nafardan ortiq xodimlar va fuqarolar ishtirok etishdi.

Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, viloyat ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy ko‘nikmalarini yanada oshirish, shuningdek sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazilishini ta'minlash va kasbiga nisbatan sadoqat, yuqori mas'uliyat hislarini mustahkamlashdan iborat.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech