13 Mart 2021 yil 658

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.

Joriy yil 10 mart kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ataxodjaev Adil Irgashevich tasdiqlangan jadval asosida ichki ishlar boshqarmasi binosida karantin qoidalariga to‘la rioya qilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.

Qabulda jami 16 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Arizalarning 4 tasi kadrlar bilan ishlash, 3 tasi dastlabki tergov, 3 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 1 tasi jinoyat qidiruv, 2 tasi yo‘l harakati xavfsizligi, 1 tasi esa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga taaluqli hamda 6 ta boshqa masalalardan iborat bo‘ldi Murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi bo‘yicha huquqiy ma'lumot orqali tushuntirishlar berildi. 6 ta murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilinganligi bois, ish yurituvga olinib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi nazoratga olindi.

 

Namangan viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi

Text to speech