Namangan viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida viloyat IIB sohaviy xizmat rahbarlari va barcha shahar-tuman IIB rahbariyati ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Unda avvalgi yig‘ilishlarda navbatchilik qismlarining faoliyati, shahar-tuman IIBlarda tashkil etilgan maxsus so‘rovxonalardan samarali foydalanish, joylarda tergov-tezkor guruhlarining hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqishi va xodimlarni ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qaror qabul qilinishi ahvoli yuzasidan berilgan topshiriqlarning ijrosi tahlil qilindi.
Tahlillar natijasiga ko‘ra, Boshqarma boshlig‘i shahar-tuman IIB masʼul xodimlarining bu boradagi faoliyatlari hamda amalga oshirgan ishlari qoniqarsiz ahvolda ekanligini tanqid qilib, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini buzilishiga sababchi bo‘lgan ayrim xodimlarga keskin intizomiy taʼsir choralari qo‘llanganligini yig‘ilish ishtirokchilariga eʼlon qildi.
Shuningdek, kelgusida har bir murojaat bo‘yicha qonunda belgilangan muddatlarda qonuniy qaror qabul qilinishi, tergov tezkor guruhlarining hodisa joylariga zudlik bilan yetib borishlarini va tuman IIBga taklif etilgan fuqarolarni faqatgina maxsus so‘rovxonalarda qabul qilininishini taʼminlanishi haqida barcha masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati