5 Noyabr 2022 yil 363

Namangan viloyat Ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi va xizmatchilarini “Ibrat” muzeyiga sayohati tashkil etildi.

Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ular o‘rtasida maʼnaviy maʼrifiy targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida namangan viloyat Ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan muntazam ravishda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 30 nafar ishchi va xizmatchilarini To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ibrat” muzeyiga sayohati tashkil etildi. Taniqli olim, tarjimon, adib va tarixchi o‘z davrining maʼrifatparvarlaridan biri bo‘lgan Isʼhoqxon Ibrat bugungi avlod uchun ham chinakam o‘rnak va naʼmuna bo‘la oladigan yetuk shaxs hisoblanadi. Sayohat davomida ishchi va xizmatchilar Ibrat davrining muhim jihatlari, uning hayot va ijod yo‘li bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech