Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev "Yangi yil" bayrami munosabati bilan shahar hududidagi ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasini tekshirdi
Bugun Boshqarma boshlig‘i Namangan shahridagi «Z.M.Bobur» istirohat bog‘i va Davlatobod tumanidagi "Afsonalar vodiysi" tematik parkining ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarini ko‘zdan kechirib, u yerlarga o‘rnatilgan "Yangi yil archasi" atrofida ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari hamda tungi xizmatga jalb etilgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, boshqa hamkor tashkilotlar xodimlarining faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida, ommaviy tadbirlar o‘tkazish davrida fuqarolarimiz tinchligi, hudud osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, har qanday ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda zudlikda bartaraf etish uchun xodimlar hamda barcha maxsus texnikalar shay holda turishi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, "Yangi yil" bayrami kechasi ko‘p sonli fuqarolarni mazkur bog‘larga tashrifi vaqtida xavfsizlikni kuchaytirish va transport vositalarining tirbandligini oldini olish yuzasidan masʼullarga bir qator vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati