23 Noyabr 2023 yil 4773

Namangan viloyatidagi maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limlari hamda sog‘liqni saqlash xizmatida faoliyat yurituvchi ayollar ishtirokida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi

Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” tizimi asosida jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish maqsadida Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Davlatobod tumani hamda Yangi Namangan tumanlaridagi maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limlari va sog‘liqni saqlash xizmatida faoliyat yurituvchi ayollar ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda shahar hududida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asosiy sabablari hamda bunga imkon bergan sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib, bunday holatlarni  oldini olish, bu borada huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, muassasalarning o‘zaro hamkorligini yana-da kuchaytirish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Muhokama yig‘ilishida ishtirok etganlar mavzuga doir o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib, kelgusida xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishda hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

 

 

Text to speech