Namangan viloyatida jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining tungi xizmat faoliyati tekshirildi
Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Milliy Gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori o‘rinbosari va boshqa masʼul xodimlar tomonidan Davlatobod tumanidagi aholi gavjum va ko‘ngilochar joylar, profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari hamda jamoatchilik nazorati maskanlarida tungi xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, mazkur joylardagi mavjud videokuzatuv kameralar ko‘zdan kechirilib, hududlarni to‘liq nazoratga olish maqsadida ularning sonini ko‘paytirish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun ko‘chalarni yoritish choralarini ko‘rish va jamoatchilik nazorati maskanlaridan samarali foydalanish bo‘yicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolar tinchligi va hududlarimiz osoyishtaligini taʼminlash borasidagi tungi xizmat viloyatimizning barcha shahar hamda tumanlarida olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati