18 Noyabr 2025 yil 69

Namangan viloyatida voleybol federatsiyasi hamda Aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasi sportchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan hududlarda ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish bilan bir qatorda, viloyatimiz sportchilari uchun yaratilayotgan infratuzilma va mavjud sharoitlar ham atroflicha o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Jumladan, bugun boshqarma boshlig‘i sport boshqarmasi hamda masʼul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda “Pahlavon” va “Barkamol avlod” sport majmualarida bo‘lib, mazkur obyektlarda voleybol hamda aralash jang sanʼati (MMA) yo‘nalishlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallarining texnik holati, qish mavsumida isitish tizimlarining faoliyati, shuningdek mahalliy va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi

O‘rganish davomida viloyatda ushbu sport turlarini keng ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, voleybol va MMA bo‘yicha iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yuqori natijalarga erishishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech