5 Oktyabr 2023 yil 2463

Namangan viloyatida voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida “mahalla beshligi” tizimi faoliyatini samaradorligini oshirish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv mashg‘uloti boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni bilan joriy etilgan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishning samarali mexanizmlarini tashkillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan 2023 yil 30 mart kuni “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublikaning barcha mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi 10-sonli qo‘shma qarori qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 21-avgust kunidagi 17-1706-sonli topshirig‘iga asosan, joriy yilning 5-oktyabr kunidan boshlab Namangan viloyatida voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida “Qo‘qon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyatini samaradorligini oshirish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv mashg‘uloti boshlandi.

O‘quv mashg‘uloti Bosh prokuratura, IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotini belgilangan dastur asosida tashkil etilib, birinchi kuni Namangan shahridagi Yoshlar markazida viloyatning ushbu qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha masʼul rahbarlari hamda shahar-tumanlardagi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech