Namangan viloyatida ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun sayyor o‘quv yig‘ini tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Nazarmuxammedov Davron Abitovich tomonidan tasdiqlangan “Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi doirasidagi o‘quv rejasi bo‘yicha Namangan viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari hamda IIV Namangan Akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert – kriminalistika bosh markazi akademiyaning kriminalistik ekspertizalar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi tomonidan hududiy ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlarining kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazishdagi protsessual, metodik va texnik talablar bo‘yicha amaliy va nazariy darslar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida dars ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan va faoliyat davomida uchrayotgan mavzuga doir masaladagi savollariga tajribali ustozlardan batafsil javoblar olishdi.
Shuningdek, ushbu darslar xodim hamda litsey o‘quvchilariga ekspert kriminalistika sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda o‘zgarishlar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati