1 Iyul 2024 yil 8122

Namangan viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber-month” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berildi

Namangan viloyati investitsiya va tashqi savdo boshqarmasida Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbiri boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etilib, unda viloyat hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining masʼul xodimi hamda OAV vakillari, korxona tashkilotlar hamda axborot xizmatlari rahbarlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Akramjon Abduhamidov anjuman mavzusi, uning ahamiyati, oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad va mohiyat haqida batafsil to‘xtaldi.

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimlari kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berdilar.  

Matbuot anjumanida hozirgi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalar ommalashayotgani, afsuski, bundan g‘araz maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotgani, natijada, sodir etilayotgan jami jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar nisbati keskin oshib borayotgani taʼkidlab o‘tildi.

Namangan viloyatida 3-28-iyul kunlari o‘tkazish rejalashtirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirib o‘tildi. Matbuot anjumanida videoselektor shaklida viloyatning barcha shahar va tumanlar hokimliklaridagi masʼullar ham ishtirok etdilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech