Namangan viloyatida IIO xodimlari uchun IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar-trening tashkil qilindi
Sayyor mashg‘ulotda sohaviy xizmatlar rahbarlari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. O‘quv rejasiga binoan, “Mahallalarda ijtimoiy profilaktika subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish”, “Profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderini berish va order talablarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish mexanizmlari”, “Firibgarlik holatlari yuzasidan ariza va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda ularni malakalashda fuqarolik huquqiga oid mulkiy munosabatlardan farqlash”, “Profilaktika inspektorlari tomonidan alohida e‘tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yoshlar bilan o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlarni manzilli va samarali tashkil etish” kabi mavzularda seminar-trening o‘tkazildi.
Shuningdek IIV Akademiyasi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoat xavfsizligini ta‘minlash va o‘g‘rilik jinoyatlarining barvaqt profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati