10 Avgust 2024 yil 4221

Namangan viloyatida ichki ishlar organlari tizimida “Quvnoqlar va zukkolar - 2024” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi tegishli buyrug‘iga asosan Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xodimlarini Ona Vatanga muhabbat va o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasidan o‘ziga xos isteʼdodlarni kashf etish, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy dunyoqarashni kengaytirish, yaratuvchanlik, topqirlik, jamoa bilan ishlash xislatlarini hamda aktyorlik, notiqlik mahoratlarini shakllantirish orqali har qanday vaziyatda Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qiluvchi “xalqparvar tizim”ni yaratish maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining birinchi mintaqaviy (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari o‘rtasidagi) bosqichiga Namangan viloyati ilk marotaba mezbonlik qildi.

Ko‘rik tanlov tanishtiruv, improvizatsiya va erkin mavzudan iborat bo‘ldi.

Tanlovda taniqli xonandalar o‘zlarining kuy va qo‘shiklari bilan mehmonlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra uchinchi o‘rinni Andijon viloyati IIBning “Mardlar”, ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati IIBning “Liderlar” va faxrli birinchi o‘rinni esa Namangan viloyati IIBning “Onlayn” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘a va diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech