24 Fevral 2024 yil 4046

Namangan viloyati sudida ichki ishlar idoralarining profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi

Videokonferensaloqa shaklida barcha hududlarga ulangan tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari sudyalari, har bir hududning profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Seminarda maʼmuriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq bayonnomalarni rasmiylashtirishga oid tartib-taomillar, ayni turdagi ishlarni sudda ko‘rib chiqish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, bu borada o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari xususida so‘z yuritildi. Sudyalar, profilaktika inspektorlari amaliyotda uchrayotgan kamchiliklarga to‘xtalib, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan seminar har ikki soha vakillari uchun ham foydali bo‘ldi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech