17 Mart 2025 yil 1962

Namangan viloyati IIO xodimlari kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi

Namangan viloyati IIBda viloyat IIO xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi muhokama qilindi.

Unda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisobot hamda taftish komissiyasining xulosalari tinglanib, qo‘mitaning ish faoliyati qoniqarli deb baholandi.

Yig‘ilishda Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati Kengashi raisi hamda saylangan 54 nafar delegat ishtirok etdi.

Yopiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra, amaldagi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shakirov Nazirjon Latipovich yana 5 yil muddatga raislikka saylandi.

Yig‘ilish yakunida kengash raisi kasaba uyushmasining oldida turgan vazifalarga to‘xtalib, tashkilotning 120 yilligini munosib nishonlash hamda kasaba uyushmasi aʼzolarini yanada faol bo‘lishga chorladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech