4 Noyabr 2023 yil 1851

Namangan viloyati IIO xodimalari tomonidan Yuridik texnikumida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Namangan viloyat Yuridik texnikumida viloyat IIB hamda uning sohaviy xizmatlarida faoliyat yurituvchi ayol xodimalar tomonidan texnikum talabalari bilan huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab, Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari IIOlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga jalb etilayotgan yangi texnologiyalar, xodimlarning bilim va malakasini oshirish borasida yo‘lga qo‘yilayotgan maqsadli tadbirlar to‘g‘risida maʼlumotlar berdi.

Shundan so‘ng, Boshqarma JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari viloyat hududida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish omillari haqida so‘z yuritib, ushbu holatlarni oldini olishda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, texnikum o‘quvchi qizlarining xotin-qizlarning huquqlari, gender tenglik masalalari, himoya orderlari berilishi tartibi bo‘yicha savollariga batafsil tushunchalar berildi.

Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi ham yuqoridagi mavzu yuzasidan aynan tergov va surishtiruv yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar borasida o‘quvchilarni tanishtirdi.

Boshqarma JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimasi esa ayni kunlarda Respublika hududida o‘tkazilayotgan “Diqqat piyoda” oyligi to‘g‘risida maʼlumot berib, barchani ushbu oylikda faol ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari hamda uning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi maxsus film yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Yoshlar, xotin-qizlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi ishlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axboroy xizmati

Text to speech