11 Yanvar 2024 yil 2743

Namangan viloyati IIBga qarashli “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli qonuniga hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, yoshlarni ona Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, IIV Akademik litseylari, Namangan shahar uyushmagan yoshlari ishtirokida Namangan shahrida joylashgan “Dinamo” sport majmuasida Ichki ishlar organlari xodimlari, Namangan shahar uyushmagan yoshlari, IIV Namangan Akademik litseyi o‘quvchilari, askarlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir dastlab, boshqarma rahbariyati tomonidan ochiq deb eʼlon qilindi. Shundan so‘ng Mudofaa vazirligi sharqiy harbiy okrugi 07648 sonli harbiy qism harbiy orkestri va faxriy qorovul vzvodi hamda Ichki ishlar vazirligi Namangan Akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan jangovar ko‘rgazmali chiqishlar ko‘rgazmali chiqishlari, maxsus vositalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etilgan bo‘lsa, Kinologiya bo‘limi tomonidan xizmat itlaridan foydalanish tushuntirib berildi.

Tadbir so‘nggida, ishtirokchilariga Namangan viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi, jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati, Kinologiya xizmati, harbiy qism, mudofaa ishlari boshqarmasi masʼul xodimlari xizmat-jangovar avtomashinalar hamda xizmatda foydalanilayotgan qurol-aslahalarni vazifasi, funksiyalari, yaratilish tarixi mutaxassis xodimlar tomonidan yoshlarga tushuntirib o‘tildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech