5 Fevral 2024 yil 1493

Namangan viloyati IIBda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim kursantlarining malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tash uchun kelgan 47 nafar 3-kurs kursantlariga muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov, Vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi, IIV Akademiyasining Namangan viloyati bo‘yicha masʼul xodimi, Maʼmuriy huquq kafedrasi dotsenti podpolkovnik A.Tashtemirov, Shahar-tuman IIB boshlig‘ining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kursantlarga biriktirilgan murabbiylar va ota-onalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida polkovnik F.Rahmatov yig‘ilish ishtirokchilariga Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kursantlarning amaliyot davrida ularga biriktirilgan murabbiylari to‘g‘risidagi buyrug‘ini tanishtirib, amaliyot davomida murabbiylarga yuklatilgan vazifalar, kursantlarning qonunchilikdan xabardorligi, maxfiylik tartiboti, xizmat intizomi, shaxsiy xavfsizlik va kun tartibiga amal qilinishi, fuqarolar bilan muloqotda muomala madaniyatiga rioya qilinishi hamda 3 yil davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlanishi kursantlarni amaliyot vaqtida va amaliyotdan tashqari vaqtlarda nimalar bilan shug‘ullanayotganliklarini nazorat qilish maqsadida ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qisqa qilib aytganda, malaka amaliyoti davrida kursantlar tomonidan salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida, barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilanishi hamda malaka amaliyotini meʼyoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida tashkil etilishini taʼkidladi.

Shuningdek, Vazirlik SHXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarma masʼul xodimi so‘zga chiqib, salbiy xatti-harakatlarni sodir etishdan oldin avvalambor, o‘zi va ota-onasining taqdirini o‘ylashi, eng asosiysi ichki ishlar organi xodimi degan yuksak maqomga munosib bo‘lish zarurligi taʼkidlandi.

Yig‘ilishga taklif etilgan viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik O.Dolimov o‘z so‘zida avvalgi yillarda soxadagi shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, hozirgi kunda ichki ishlar organi xodimlariga xizmat qilish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratilgani, ichki ishlar tizimida ishlash uchun yuqori bilimga ega bo‘lsagina hech qachon ushbu yo‘lda qoqilmasligini hayotiy misollar bilan aytib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqan, IIV Akademiyasi dotsenti podpolkovnik A.Tashtemirov kursantlarning akademiyaning amaliyot dasturi asosida amaliyot o‘tashlari, amaliyot natijasi bo‘yicha sinovlar olinishi va yakuni bo‘yicha tayyorlangan xizmat tavsifnomalari Akademiyaga taqdim etilishini maʼlum qildi.

Yig‘ilish so‘nggida o‘qish davrida o‘zining namunali xulqi va o‘qishi bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir qator kursantlar hamda ularning ota-onalariga Akademiya rahbariyatining tashakkurnomasi va minnatdorchilik xatlari topshirildi.

Boshqarmaning sohaviy xizmat rahbarlari hamda kursantlarga murabbiy etib biriktirilgan xodimlarga, amaliyot o‘tash davrida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech