7 Sentyabr 2024 yil 2010

Namangan viloyati IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Dastlab shaxsiy tarkibning formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga muntazam ravishda qatʼiy rioya etishlarini taʼminlash maqsadida saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigi davomida xodimlarning xizmat formasi, xizmat guvohnomasi va boshqa tegishli hujjatlari tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Saf ko‘rigidan so‘ng boshqarma majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining 2024-yil 8 oyi ish yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari, tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov o‘tkazish vaqtida yo‘l qo‘yilayotgan xato kamchiliklar hamda jinoyat ishlarini JPKning 416-417-moddalari tartibida qo‘shimcha tergovga qaytarilishining ahvoli, oqlov hukmi chiqarilishining sabablari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida tergov tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi munosabati bilan Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Raximbayev Yusufbek Valijonovichni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, o‘tgan sakkiz oy davomida xizmat faoliyatida hamkasblariga namuna bo‘lib kelgan va ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar rahbariyat tomonidan munosib rag‘batlantirildi hamda xodimlarning moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida kompyuter to‘plamlari taqdim etildi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar va chora tadbirlar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech