Namangan viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi bo‘lib o‘tdi
Bu galgi maʼnaviyat va maʼrifat darsi "Saylov huquqi: Inson qadriga yuksak eʼtibor" mavzusida bo‘lib, unda Boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan hafta mobaynida IIO xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ilish qatnashchilariga yetkazildi.
Yig‘ilish so‘ngida Ichki ishlar vazirining hamda Namangan viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar hamda xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, korrupsiyaning oldini olishda faol ishtirok etgan xodimlarga pul mukofotlari topshirildi. Bundan tashqari Namangan viloyati Ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilib nafaqaga chiqqan hamda yuqori lavozimga tayinlangan xodimlarning kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati