24 Yanvar 2024 yil 1495

Namangan viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish ahvoli yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuhrat Aliyev, o‘rinbosarlar, boshqarmaning barcha shaxsiy tarkibi va shahar-tuman IIBlar rahbariyati ishtirok etishdi.

Dastlab, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov Namangan viloyati IIB tomonidan o‘tgan davr mobaynida xizmat, ijrochilik intizomi, qonuniylikka rioya etish yuzasidan sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar, shu bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni tahlil qildi va bu borada masʼullarning axboroti tinglandi.

Yig‘ilish so‘nggida, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i polkovnik Faxriddin Rahmatovga kelgusida xodimlarni sohasi bo‘yicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarini, Shuningdek, jismoniy va jangovar shayligini yana-da oshirish, korrupsion hamda tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini qonuniylikka qatʼiy amal qilgan holda bajarishlari yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Yig‘ilishdan so‘ng, Boshqarma rahbariyati tomonidan IIV Akademik litseyida jihozlanayotgan "Mehnat va shuhrat muzeyi" va Namangan viloyati Ichki ishlar organlari "Faxriylar markazi" jamoat birlashmasining yangi qurilayotgan binosi loyihasining taqdimoti o‘tkazilib, u yerlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech