11 Iyul 2025 yil 133

Namangan viloyati IIBda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati huzurida videoselektor tarzida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma, sohaviy xizmatlar hamda shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi, qonunchilikka rioya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab, mas‘ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglanib, xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, rahbar va xodimlarning faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.

Yig‘ilish yakunida xodimlar o‘rtasida sog‘lom ma‘naviy muhitni mustahkamlash, xizmat davomida qonuniylikka qat‘iy amal qilish, har qanday korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, jismoniy va jangovar tayyorgarlikni doimiy oshirib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilikni ta‘minlash — tizimning samarali faoliyat yuritishida hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech