20 Sentyabr 2025 yil 119

Namangan viloyati IIBda "Xavfsiz hudud — dolzarb 10 kunligi" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi

Viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini hamda fuqarolar tinchligini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari kunu tun xizmat olib borilmoqda.

Bugun IIV va viloyat IIB rahbariyati tomonidan Namangan shahar, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma tashkil etildi.

Yo‘riqnomada fuqarolar osoyishtaligi va hudud tinchligini taʼminlashda xizmat intizomi hamda qonuniylikka qatʼiy rioya etish, xizmat vazifalarini bajarishda masʼuliyat va hushyorlikni kuchaytirish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilish, har qanday huquqbuzarlik holatlariga tezkor va qonuniy choralar ko‘rish, shuningdek, xizmat davomida intizom, sadoqat va halollik tamoyillariga amal qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech