7 Mart 2025 yil
3281
Namangan viloyati IIBda 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan ayollar uchun ham bayram tadbiri tashkil etilib, unda Ichki ishlar Vazirining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV va viloyat IIBning buyruqlariga asosan xodimalarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, barcha tadbirga taklif etilgan ayollarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir davomida xonandalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar barcha ayollarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati