Namangan viloyati IIBda 2024-yil sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Anjumanda viloyat IIB rahbariyati jinoyatchilik, ayniqsa, kiberjinoyatlarga qarshi kurash, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligi, profilaktika xizmati, kadrlar siyosati va boshqa muhim yo‘nalishlarda amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, jurnalist va blogerlarning sohaga oid savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan anjuman yakunida boshqarma rahbariyati jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidlab, OAV va blogerlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati